O‘zbekiston vakili Kamilla Raximova Pekinda o‘tayotgan WTA 1000 China Open turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi
Ikkinchi bosqichda Kamilla dunyoning 26-raketkasi, kanadalik Leylah Fernandezni uch setlik bahsda — 6:2, 4:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
photo: gettyimages

Fernandez faoliyati davomida WTA reytingida 13-o‘ringacha ko‘tarilgan va 2021-yilgi US Open finalchisi hisoblanadi.
Ushbu g‘alaba evaziga Kamilla turnirda 65 reyting ochkosi va 61 865 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.
Kamillaga keyingi bosqichda omad tilaymiz!