Oʻzbekiston terma jamoasi Devis kubogi III guruhi Osiyo/Okeaniya musobaqasidagi ikkinchi uchrashuvini Filippinga qarshi oʻtkazdi
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Alberto Limni 6:4, 6:2 hisobida magʻlub etib, jamoamizga muhim ochko keltirdi.
photo: Tennis Uzbekistan
Oʻzbekiston terma jamoasi Devis kubogi III guruhi Osiyo/Okeaniya musobaqasidagi ikkinchi uchrashuvini Filippinga qarshi oʻtkazdi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Alberto Limni 6:4, 6:2 hisobida magʻlub etib, jamoamizga muhim ochko keltirdi. Amir Milushev esa Eric Jr. Olivarezga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Juftlik uchrashuvida Damir Abdusamadov va Abdulaziz Usmonjonov tandemi Francis Casey Alcantara / Ruben Gonzales juftligiga qarshi kurash olib borib, tay-brek bilan yakunlangan bahsda 6:7(2), 4:6 hisobida magʻlub boʻldi.
Natijada Oʻzbekiston Filippinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Guruh bosqichining hal qiluvchi uchrashuvida jamoamiz Iordaniyaga qarshi kortga chiqadi. Terma jamoamizga omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor