locale OZ

O‘zbekiston tennischilari Indoneziyaga qarshi bahsda omadsiz o‘yin namoyish etdi

Billie Jean King kubogida terma jamoamiz qiyin kurashlar ostida ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ayollar o‘rtasidagi nufuzli Billie Jean King kubogi — norasmiy jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning II Osiyo/Okeaniya guruhi doirasida bugun O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bahsda mamlakatimizning uchinchi raqetkasi Darya Shubina Anjali Kirana Junarto bilan kuch sinashdi va jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, 0:2 (6/7, 6/7) hisobida yutqazdi.

Ikkinchi o‘yinda kutilmaganda Nigina Abdurayimovani Sabrina Olimjonova almashtirdi. U ishonchni oqlab, Mishka Sinclaire Goenadini 2:0 (6/3, 6/3) hisobida mag‘lub etdi.

Qarorli juftlik bahsida Abdurayimova/Shubina dueti indoneziyalik raqibalarga qarshi kurash olib bordi, ammo yanada tajribali raqiblarga 0:2 (6/7, 5/7) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, Oqgul Omonmurodova boshchiligidagi tennischilar musobaqadagi ikkinchi uchrashuvini ham mag‘lubiyat bilan yakunlashdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting