locale OZ

O‘zbekiston tennischilari Billie Jean King kubogini g‘alaba bilan yakunlashdi

Terma jamoamiz Singapurni mag‘lub etib musobaqani 7-o‘rin bilan yakunladi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha Billie Jean King kubogining II Osiyo/Okeaniya guruhi bahslari davom etmoqda. Guruh bosqichida omad kulib boqmagan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 7-8-o‘rinlar uchun kechgan bahsda yakunladi. Qizlarimiz hal qiluvchi uchrashuvda Singapur terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etishdi.

Birinchi bo‘lib kortga chiqqan Nigina Alimova Tong Oudreyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 6/0, 6/0. Keyinchalik Sabrina Olimjonova ham o‘z uchrashuvini ishonchli tarzda yakunladi — u Eva Mari Desvinesni 7/6(4), 6/0 hisobida mag‘lub etdi.

Oqgul Omonmurodova sardorligidagi terma jamoamiz kecha guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Eronni 2:1 hisobida yenggan edi. Bu natija O‘zbekiston uchun guruhdagi yagona g‘alaba bo‘ldi. B guruhida qizlarimiz 1 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etdi.

So‘nggi bellashuvda A guruhida 4-o‘rinni egallagan Singapur ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba natijasida terma jamoamiz musobaqani 7-o‘rinda yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting