locale OZ

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi

Musobaqa davomida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Malayziyaning Kuching shahrida o‘tkazilgan ITF World Junior Tennis Competition (WJTC) Asia/Oceania Final Qualifying turnirida ishtirok etdi.

Musobaqa davomida jamoamiz kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordi. Guruh bosqichida qizlarimiz Yaponiya, Koreya va Gonkong jamoalariga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi.

Keyingi uchrashuvlarda esa jamoamiz Xitoy Taypeyi, Vyetnam va Indoneziya terma jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, yakunda 9-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu turnirda qizlarimiz 15-o‘rinni qayd etgandi. Bu yilgi natija jamoaning sezilarli o‘sishini ko‘rsatadi.

Qizlarimizni natija bilan tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting