locale OZ

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Billie Jean King Cup Juniors turnirini TOP-6 tarkibida yakunladi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan Billie Jean King Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Billie Jean King Cup Juniors turnirini TOP-6 tarkibida yakunladi
photo: Tennis Uzbekistan

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan Billie Jean King Cup Juniors Asia/Oceania Final Qualifying musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi turnirni 6-o‘rin bilan yakunlab, Osiyo va Okeaniyaning eng kuchli jamoalari qatoridan joy oldi. Musobaqa davomida tennischilarimiz kuchli raqiblarga qarshi munosib kurash olib borib, qimmatli xalqaro tajriba to‘pladi.

Turnir yakunlariga ko‘ra Yaponiya, Koreya, Xitoy Taypeyi hamda Avstraliya terma jamoalari kuchli to‘rtlikdan joy olib, noyabr oyida Chexiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasini musobaqadagi munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz va kelgusi startlarda omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting