O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Malayziyada o‘tayotgan Davis Cup III Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
Guruh bosqichining ilk uchrashuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Tennis
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: gettyimages
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tayotgan Davis Cup III Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.
Guruh bosqichining ilk uchrashuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Bill Channi 6:4, 7:6(5) hisobida mag‘lub etdi. Amir Milushev esa Jaden Dewandakaga 6:7(3), 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Juftlik bahsida Damir Abdusamadov va Sergey Fomin Bill Chan hamda Maximus Xavier Wong juftligini 7:5, 3:6, 6:2 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston terma jamoasiga hal qiluvchi g‘alabani taqdim etdi.
O‘zbekiston A guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhdagi raqiblari Singapur, Iordaniya va Filippin terma jamoalaridir.