locale OZ

O‘zbekiston Billie Jean King Cup’ni g‘alaba bilan boshladi!

Yakkalik bahslarida Nigina Alimova Yuhansa Peirisni 6:1, 6:3 hisobida, Sevil Yuldasheva esa Dinara De Silvani 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etib, jamoamizga muhim ikki ochkoni taqdim etdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston Billie Jean King Cup’ni g‘alaba bilan boshladi!
photo: Tennis Uzbekistan

Malayziyada o‘tayotgan Billie Jean King Cup Asia/Oceania Group II musobaqasining ilk uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Shri-Lanka ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yakkalik bahslarida Nigina Alimova Yuhansa Peirisni 6:1, 6:3 hisobida, Sevil Yuldasheva esa Dinara De Silvani 6:1, 6:3 hisobida mag‘lub etib, jamoamizga muhim ikki ochkoni taqdim etdi.

Juftliklar uchrashuvida Keira Kim va Fotima Mahmudova raqiblariga qarshi munosib kurash olib bordi, biroq uchrashuv taqdirini hal qilgan hal qiluvchi super tay-brekda imkoniyatni boy berdi — 3:6, 7:5, 8:10.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi turnirni g‘alaba bilan boshlab, guruh bosqichidagi ilk muhim qadamni tashladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting