O'zbek tennischisi Sergey Fomin Antaliyadagi turnir yarim finaliga chiqdi
Turkiyadagi Antaliya shahrida jahon tennischilarining ishtirokida 25 ming dollarlik xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda. Unda o'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 4 aprel kuni 1/8 final doirasida Fomin rossiyalik raqibi Aleksey Vatutingga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 7:6, 0:6, 6:4 hisobida o'zbek sportchisi foydasiga yakunlandi.
Yarim finalda Sergey Chexiya vakili Martin Krumixga qarshi bahs olib boradi. Ikki tennischi reyting bo'yicha bir-biriga yaqin joylashgan — Fomin 555, Krumix esa 509-o'rinda. Shuningdek, Fomin juftlik bahslarida ham finalga chiqdi. U Pavel Verben bilan birga norvegiyalik juftlikni uch setda mag'lub etdi. Uchinchi set tay-brekgacha bordi va unda o'zbekistonlik tennischi g'alaba qozondi — 6:4, 3:6, 10:6.
Finalda Fomin va Verben turkiyalik juftlik — Gokberk Seritas va Mert Naki Turkerga qarshi kortga chiqishadi.