locale OZ

O‘smirlar o‘rtasida J60 Namangan tennis turniri yakunlandi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘smirlar o‘rtasida J60 Namangan tennis turniri yakunlandi
Rasm: Pinterest Abdulaziz Usmonjonov

Namangan shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro tennis turniri o‘z nihoyasiga yetdi. O‘smirlar yakka kurash bahslarida o‘zbekistonlik tennischi Abdulaziz Usmonjonov raqibini 6:4, 7:6(10) hisobida mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Afsuski, boshqa o‘zbekistonlik sportchi Nuriddin Baxtiyorov finalga yo‘l ola olmadi va yarim finalda 4:6, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Abdulaziz Usmonjonov va Suhrob Saidov final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan qiyin o‘yinda 6:4, 4:6, 8:10 hisobida yengilishdi.

Qizlar o‘rtasida o‘zbekistonlik Zlata Chinova va Nigina Alimova turnir finalchilari bo‘lishdi, ammo finalda 6:2, 6:7(4), 7:10 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Yarim finalda yana bir o‘zbekistonlik juftlik Shahzod Artiqboyeva va Samira Xaziyeva 6:7(3), 2:6 hisobida raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.
Navbatdagi turnir 1-apreldan Farg‘ona shahrida boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting