Nukus shahrida tennis murabbiylari uchun seminar boshlandi
Qoraqalpog‘iston Tennis federatsiyasi tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bilan hamkorlikda Nukus shahrida tennis murabbiylari uchun seminar boshlandi.
Seminar ma’ruzachilari Qozog‘istondan tashrif buyurgan mutaxassislar — tennis murabbiyi Yevgeniya Sushkova hamda umumiy jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Darxan Savdenov hisoblanadi.
Seminar davomida mutaxassislar o‘zlarining professional tajribasi va bilimlari bilan mahalliy murabbiylar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Mazkur tadbir hududlarda murabbiylar salohiyatini oshirish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Seminar jarayonida ishtirokchilar zamonaviy tayyorgarlik metodikalari bilan tanishib, yosh sportchilar bilan ishlash bo‘yicha tajriba almashmoqdalar.