locale OZ

Novak Djokovic: o‘ynashda davom etyapman, chunki bu tennis rivojiga yordam beradi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Novak Djokovic: o‘ynashda davom etyapman, chunki bu tennis rivojiga yordam beradi
Novak Djokovic: o‘ynashda davom etyapman, chunki bu tennis rivojiga yordam beradi

24 karra «Katta dubulg‘a» turniri g‘olibi va 2024 yil Olimpiada chempioni, serbiyalik tennischi Novak Djokovic intervyusida faoliyatini davom ettirish istagini bildirdi. U Rodjer Federer, Rafael Nadal va Endi Marrey kabi asosiy raqiblarining tennis sahnasidan ketganiga qaramay, o‘ynashda davom etmoqchi ekanini aytdi.

«Oxirgi 20 yilda asosan to‘rttamiz turda ustunlik qildik. Endi esa uchta katta raqibim faoliyatini tugatgani sababli, ma'lum o‘zgarish his etilmoqda. Bu faqat avlodlar almashinuvi bilan bog‘liq emas, odamlar Rodjer, Rafa va Marrey endilikda o‘ynamayotganini qabul qilishga ham vaqt kerak. Va bir kuni bu menga ham tegishli bo‘ladi.

Shuning uchun men turda qolishga va katta avlod vakili sifatida harakat qilishga urinayapman. Bu musobaqalar va umuman tur uchun ijobiy ta'sir ko‘rsatishini umid qilaman. O‘ynashda davom etishimning sabablaridan biri ham shu — tennisning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, muxlislarni tribunalarga jalb qilish.

Sport hammamizni ortda qoldiradi. U bizdan kattaroq va biz uning xizmatidamiz», — deya Djokovicning so‘zlarini keltiradi Relevo.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting