locale OZ

Nigina Abduraimova termaga qaytdi — tennischilarimiz Billie Jean King Cup’da mag‘lubiyat bilan boshladi

Abduraimova termaga qaytdi, Shubina yaxshi o‘ynadi, ammo Filippinga qarshi bahsda yutqazdik
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Nigina Abduraimova uzoq yillardan so‘ng yana O‘zbekiston terma jamoasi safida kortga qaytdi. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida start olgan Billie Jean King Cup musobaqasining II Osiyo/Okeaniya guruhi doirasida qizlarimiz birinchi turda Filippinga qarshi bahs olib bordi. Oqgul Amanmurodova sardorligidagi terma jamoamiz uchrashuvni 1:2 hisobida mag‘lubiyat bilan boshladi.

Birinchi yakka bahsda Darya Shubina filippinlik Tenielle Madisoni 2:1 (4/6, 6/3, 6/1) hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda Nigina Abduraimova Shaira Hope Rivera’ga 1:2 (2/6, 6/3, 3/6) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Hal qiluvchi juftlik uchrashuvida Shubina va Abduraimova Shaira Hope Rivera va Alexa Joy Williams duetiga qarshi to‘liq qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 1:2 (6/3, 3/6, 8/10) hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

O‘yin tafsilotlari qizlarimizda raqobatbardoshlik borligini ko‘rsatdi. Keyingi turlarda g‘alabalar bo‘lishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting