locale OZ

Nigina Abdurahimova Nottinghamdagi yakka bahslarini yakunladi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nigina Abdurahimova Nottinghamdagi yakka bahslarini yakunladi
Nigina Abdurahimova Nottinghamdagi yakka bahslarini yakunladi

Buyuk Britaniyaning Nottingham shahrida ITFning W35 toifasiga mansub tennis musobaqasi davom etmoqda. Unda O‘zbekistonning birinchi raketkasi — Nigina Abdurahimova ham ishtirok etyapti. Yakka bahslarining birinchi bosqichida 30 yoshli Abdurahimova musobaqaning uchinchi raqamli seyeniri — avstriyalik Tamira Pashekka qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 67 daqiqa davom etdi va Pashekning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi — 6:1, 6:1.

Ma’lumot uchun, Nigina WTA reytingida 825-o‘rinni egallab turibdi. Uning raqibi Pashek esa 389-pog‘onada joylashgan.

Endilikda Abdurahimova diqqatini juftlik bahslariga qaratadi. U fransiyalik Alis Robbe bilan birga duet hosil qiladi. Ularga qarshi maydonga tushadigan raqib — Britaniya jufti. Uchrashuv 1 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan oldin boshlanmaydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting