Navoiy viloyatida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, sovgʻalar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Фото: Спорт вазирлиги
Navoiy viloyatida o‘tkazilgan "Inson uchun", "Silk Road Uzbekistan" va "Talaba-yugur" ommaviy yugurish marafonida 2000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashib, o‘z toifalari bo‘yicha belgilangan masofani bosib o‘tishdi.
Kuchli matonat va iroda egalari mazkur musobaqada faol ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, sovgʻalar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist