Namanganda xalqaro tennis turniri davom etmoqda
Musobaqada Qozog‘iston, Janubiy Koreya hamda yurtimizning yosh tennischilari o‘zaro kuch sinashmoqda.
Фото: Спорт вазирлиги
Namangan shahridagi Sport o‘yinlari va yengil atletika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining “Do‘stlik tennis korti”da yoshlar o‘rtasida ATF 14 & Under toifasidagi xalqaro tennis turniri qizg‘in bellashuvlar ostida davom etmoqda.
Musobaqada Qozog‘iston, Janubiy Koreya hamda yurtimizning yosh tennischilari o‘zaro kuch sinashmoqda. Har bir uchrashuv murosasiz va yuqori saviyada kechayotgani bilan ahamiyatlidir.
Turnir xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan darajada tashkil etilib, yosh sportchilarning tajriba orttirishi, mahoratini oshirishi va yangi yutuqlarga intilishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, musobaqa nafaqat sportchilar, balki tennis ixlosmandlari uchun ham bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist