Monterreyda o‘zbek tennis derbisi
Birinchi bosqichda Maria Timofeeva tailandlik Lanlana Tararudeeni 7:6(5), 2:6, 7:6(4) hisobida mag‘lub etdi.
photo: gettyimages
Meksikaning Monterrey shahrida o‘tkazilayotgan WTA 500 turniri saralash bosqichida O‘zbekiston vakillari Maria Timofeeva va Kamilla Raximova hal qiluvchi bahsda o‘zaro to‘qnash keladi.
Birinchi bosqichda Maria Timofeeva tailandlik Lanlana Tararudeeni 7:6(5), 2:6, 7:6(4) hisobida mag‘lub etdi.
Kamilla Raximova esa fransiyalik Leolia Jeanjean ustidan 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Monterreyda o‘zbek tennis derbisi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv g‘olibasi turnirning asosiy to‘riga yo‘l oladi.
Monterrey Open — WTA 500 toifasidagi turnir bo‘lib, bahslar qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor