locale OZ

Milushev va Shin Qaysherida g‘alaba bilan start berishdi

O‘zbekistonlik ikki tennischi M15 turnirini muvaffaqiyatli boshlab, keyingi bosqichga yo‘l olishdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Turkiyaning Qaysheri shahrida bo‘lib o‘tayotgan tennis bo‘yicha M15 toifasidagi xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik ikki tennischi — Amir Milushev va Maksim Shin g‘alaba bilan ishtirokini boshladi.

Yurtimiz vakillaridan biri, ATP reytingida 1420-o‘rinda turgan Amir Milushev musobaqaning ikkinchi raqami, germaniyalik Nino Echrenshneyderni 6/3, 7/6(3) hisobida mag‘lub etib, turnirning eng kutilmagan natijalaridan biriga erishdi.

Maksim Shin esa ilk bosqichda ispaniyalik Bernardo Mesaniga qarshi uch setlik murosasiz o‘yinda ustun keldi — 7/6(3), 2/6, 6/4. Ushbu natija bilan O‘zbekistonning uchinchi va to‘rtinchi raketkalari musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting