Mayamidagi turnir finalchilar nomlari ma’lum bo‘ldi


27-martdan 28-martga o‘tar kechasi Mayamida ayollar o‘rtasidagi Masters yarim finallari o‘tkazildi. Birinchi yarim finalda jahon reytingining peshqadami, belaruslik Arina Sabalenka hamda jahon reytingida oltinchi o‘rinda turgan italiyalik Jasmin Paolini portga tushdi. Belaruslik tennischi jiddiy qarshilikka duch kelmay, bir soat-u 11 daqiqada italiyalik raqibini 6:2, 6:2 hisobida osongina mag‘lub etdi.
Ikkinchi yarim final ancha qizg‘in va uzoqroq davom etdi - ikki soat-u 26 daqiqa. Unda amerikalik Jessika Pegula va kuchli o‘ntalikdagi tennischilarni mag‘lub etib, ajoyib natijalar ko‘rsatayotgan filippinlik Aleksandra Eala bellashdi. Bu safar to‘rtinchi raqamli ishtirokchi amerikalik tennischi og‘ir kurashda filippinlik raqibining yana bir senzatsiya yaratishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘yin 7:6(3), 5:7, 6:3 hisobida Pegula foydasiga yakunlandi.
Sabalenka va Pegula o‘rtasidagi final 29-mart kuni soat 19:00da bo‘lib o‘tadi.

Futbol
Bugun da 09:19

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01