Mayamidagi \"Masters\" musobaqasining yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi
27-martdan 28-martga o‘tar kechasi ATP Masters 1000 musobaqasi doirasida tennischilar o‘rtasida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda jahon reytingining beshinchi raqami serbiyalik Novak Jokovich va reytingda 25-o‘rinni egallab turgan amerikalik Sebastyan Korda maydonga tushdilar. O‘yin bir soat 22 daqiqa davom etib, 6:3 7:6(4) hisobida serbiyalik foydasiga yakunlandi. Keyingi bosqichda Novak Jokovich bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan kuch sinashadi.
Turnirning boshqa yarim finalchisi aniqlangan uchrashuvda fransiyalik Artur Fils va chexiyalik Yakub Menshik bellashdi. Atigi bir soat 15 daqiqada 7:6(5) 6:1 hisobida yakunlanib, 19 yoshli chexiyalik tennis o'yinchisi o‘z faoliyatida ilk bor shunday yuqori natijaga erishdi. Endi Menshik amerikalik Teylor Frits bilan o‘ynaydi. Fritsning o‘zi esa qiyin jangda italiyalik Matteo Berrettinini mag‘lub etdi. Tennischilar kortda ikki soat 44 daqiqa ter to‘kishdi va yakuniy hisob 7:5 6:7(7) 7:5 amerikalik foydasiga hal bo‘ldi.
Yarim final juftliklari quyidagicha shakllanadi:
Jokovich - Dimitrov
Menshik - Frits
O‘yinlar 29-mart kuniga rejalashtirilgan.