locale OZ

Mayamida erkaklar o‘rtasida kutilmagan final bo‘lib o‘tadi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mayamida erkaklar o‘rtasida kutilmagan final bo‘lib o‘tadi
Rasm: rambler.ru Novak Jokovich

28 martdan 29 martga o‘tar kechasi AQShning Mayami shahrida erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning ikkita yarim finali bo‘lib o‘tdi. Birinchi yarim finalda serbiyalik Novak Jokovich va bolgariyalik Grigor Dimitrov to‘qnash kelishdi. Serbiyalik tennischi uchun o‘yin juda oson kechdi, bir soat-u o‘n daqiqa ichida dunyoning beshinchi raketkasi Dimitrovni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Ikkinchi yarim final o‘yinida amerikalik Teylor Fris (reytingning uchinchi raqamli tennischisi) va chexiyalik Yakub Menshik (jahonning 54-raqamli tennischisi) kortga chiqishdi. O‘yin ikki bo‘limda breyklar va uchta set bilan qiziqarli o‘tdi va ikki soatu 25 daqiqa davom etdi.

O‘yinning yakuniy hisobi 7:6 (4) 4:6 7:6 (4). Chexiya sensatsion tarzda Novak Jokovichga qarshi finalga chiqdi.
O‘yin 30-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting