Mariya Timofeyeva WTA 125 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi
Endi Timofeyeva yarim final yo‘llanmasi uchun marokashlik Yasmina Kabbajga qarshi kortga chiqadi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Xorvatiyaning Makarska shahrida o‘tkazilayotgan WTA 125 turnirida muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Turnirning ikkinchi davrasida Mariya mezbonlar vakili Lea Boškovichni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Timofeyeva yarim final yo‘llanmasi uchun marokashlik Yasmina Kabbajga qarshi kortga chiqadi.
Mariya Timofeyevaga keyingi bosqichda omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz.