locale OZ

Mariya Timofeyeva Uimbldondagi ishtirokini ikkinchi bosqichda yakunladi

Mertens — sobiq dunyoning 12-raqamli tennischisi, WTA turnirlarida 10 ta yakkalik chempionligi sohibasi hamda juftlik bahslarida 6 karra “Katta Dubulg‘a” g‘olibi hisoblanadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mariya Timofeyeva Uimbldondagi ishtirokini ikkinchi bosqichda yakunladi
photo: gettyimages

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeyeva Uimbldon turnirining ikkinchi bosqichida belgiyalik tajribali tennischi Eliz Mertensga 6:2, 3:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mertens — sobiq dunyoning 12-raqamli tennischisi, WTA turnirlarida 10 ta yakkalik chempionligi sohibasi hamda juftlik bahslarida 6 karra “Katta Dubulg‘a” g‘olibi hisoblanadi. U ko‘p yillar davomida jahon tennisining yetakchi vakillaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Shunga qaramay, Mariya turnir davomida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi. Birinchi bosqichda u sobiq dunyoning 10-raqamli tennischisi Beatriz Haddad Mayani mag‘lub etib, Uimbldonning ikkinchi davrasiga yo‘l olgandi.

Mariyaga mavsumning navbatdagi musobaqalarida omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting