locale OZ

Mariya Timofeyeva — Pekindagi WTA 1000 turnirining ikkinchi bosqichida

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Pekinda o‘tayotgan China Open WTA 1000 turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Mariya Timofeyeva — Pekindagi WTA 1000 turnirining ikkinchi bosqichida
photo: Tennis Uzbekistan

Mariya Timofeyeva — Pekindagi WTA 1000 turnirining ikkinchi bosqichida.

O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Pekinda o‘tayotgan China Open WTA 1000 turnirini g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi bosqichda Mariya jahon reytingida 88-o‘rinni egallab turgan Chexiya vakili Darya Vidmanovani ikki setda — 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi va ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi Timofeyeva ikkinchi bosqichda turnirning 12-raqamli saralangan tennischisi Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi. Osaka — “Katta Dubulg‘a” turnirlarining to‘rt karra chempioni, sobiq dunyoning birinchi raketkasi hamda 2019-yilgi China Open g‘olibasi.

Pekindagi musobaqada O‘zbekiston sharafini Kamilla Raximova va Polina Kudermetova ham himoya qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting