locale OZ

Mariya Timofeeva WTA 125 Makarska Open turniri g‘olibasi!

Final bahsida hamyurtimiz latviyalik Darja Semenistayani 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Mariya Timofeeva WTA 125 Makarska Open turniri g‘olibasi!
photo: gettyimages

O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeeva Xorvatiyaning Makarska shahrida o‘tkazilgan WTA 125 turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Final bahsida hamyurtimiz latviyalik Darja Semenistayani 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba Mariyaga 125 reyting ochkosi keltirdi va u WTA jonli reytingida 27 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning 91-raketkasiga aylandi.

Chempionlik sari yo‘lda Mariya yarim finalda ispaniyalik, dunyoning sobiq 32-raketkasi Sara Sorribes Tormoni ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Mariya Timofeevani ushbu ajoyib muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting