locale OZ

Mariya Timofeeva WTA 125 Makarska Open turniri finalida o‘ynaydi!

Mariya Latviya vakilasi, turnirning 5-raqamli tennischisi Darja Semenistajaga qarshi kortga chiqadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mariya Timofeeva WTA 125 Makarska Open turniri finalida o‘ynaydi!
photo: Tennis Uzbekistan


Sobiq dunyoning 32-raketkasi, ispaniyalik tajribali tennischi Sara Sorribes Tormoni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etgan Mariya Timofeeva Xorvatiyada o‘tayotgan WTA 125 Makarska Open turnirining finaliga yo‘l oldi.

Sara Sorribes Tormo WTA turnirlari g‘olibasi, Ispaniyaning so‘nggi yillardagi eng kuchli tennischilaridan biri hisoblanadi. Ushbu g‘alaba Mariyaning turnirdagi yuqori saviyadagi o‘yinini yana bir bor tasdiqladi.

Endi hal qiluvchi bahsda Mariya Latviya vakilasi, turnirning 5-raqamli tennischisi Darja Semenistajaga qarshi kortga chiqadi.

Final uchrashuvida hamyurtimizga omad va yorqin g‘alaba tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting