locale OZ

Mariya Timofeeva O‘zbekistonning birinchi raketkasi

Avval O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova edi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mariya Timofeeva O‘zbekistonning birinchi raketkasi
photo: Tennis Uzbekistan

Mariya Timofeeva O‘zbekistonning birinchi raketkasi.

WTA reytingining yangi yangilanishiga ko‘ra, Mariya Timofeeva 63-o‘ringa ko‘tarilib, faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Uning avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichi 68-o‘rin edi.

Mariya Pekindagi WTA 1000 turnirida saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, uchinchi bosqichga qadar yetib bordi. Ushbu natija unga 135 reyting ochkosini taqdim etdi va yangi shaxsiy rekordini o‘rnatishiga yordam berdi.

Avval O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rakhimova edi. Yangi reytingda Kamilla 69-o‘rinni, Mariya esa 63-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, Mariya O‘zbekiston ayollar terma jamoasining birinchi raketkasiga aylandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting