locale OZ

Mariya Timofeeva Makarska Open turnirining yarim finalida!

O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Xorvatiyada o‘tayotgan WTA 125 Makarska Open turniridagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mariya Timofeeva Makarska Open turnirining yarim finalida!
photo: Tennis Uzbekistan

Mariya Timofeeva Makarska Open turnirining yarim finalida!

O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Xorvatiyada o‘tayotgan WTA 125 Makarska Open turniridagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

Chorak final bahsida hamyurtimiz Marokash vakilasi Yasmine Kabbajni 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etib, turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.

Final yo‘llanmasi uchun Mariya bugun ispaniyalik Sara Sorribes Tormo bilan kortga chiqadi. Uchrashuv Markaziy kortda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Mariya Timofeevaga yarim finalda omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting