Mariya Timofeeva Istanbuldagi WTA 125 turnirining yarimfinaliga yo‘l oldi
O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Istanbul shahrida o‘tayotgan WTA 125 turnirining yarim finaliga chiqdi.
photo: Tennis Uzbekistan
O‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeeva Istanbul shahrida o‘tayotgan WTA 125 turnirining yarim finaliga chiqdi.
Hamyurtimiz chorak finalda turnirning ikkinchi raqam ostida tasniflangan vakili — britaniyalik Francesca Jonesni 7:6(7:2), 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Yana bir o‘zbekistonlik tennischi — Polina Kudermetova esa turnirdagi ishtirokini chorak final bosqichida yakunladi. U yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda fransiyalik Alice Tubello 6:4, 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Tennischilarimizni munosib ishtirok bilan tabriklaymiz va Mariyaga yarim finalda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor