locale OZ

Maksim Shin Tashkent M15 musobaqasida yarim final oldidan to'xtadi

Yosh tennischimiz reytingda yuqori o‘rinni egallab turgan raqibni mag‘lub etdi, ammo chorak finalda tajribali hindistonga yutqazdi
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Shu kunlarda Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida tennis bo‘yicha ITF turkumiga kiruvchi M15 musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi. Unda o‘zbekistonlik bir qator tennischilar ishtirok etdi.

Amir Milushev, Damir Abdusamadov, Botir Sapaev va Abdulaziz Usmonjonov musobaqaning dastlabki bosqichlarida mag‘lubiyatga uchrashdi. Ammo Maksim Shin musobaqada yuqori natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Shin avval neytral maqomda ishtirok etgan Aleksey Aleshchyovni mag‘lub etdi. Keyin esa reytingda 640-pog‘onada joylashgan, musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi rossiyalik Maksim Jukov ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natija yosh tennischimiz uchun katta yutuq bo‘ldi.

Afsuski, chorak finalda Shin hindistonlik Krish Tiyagiga qarshi taybrekda imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Toshkentdagi M15 musobaqasida o‘zbekistonlik tennischilarning eng yaxshi natijasi 1/4 finalga chiqish bilan cheklandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting