Madriddagi ATP Masters 1000 musobaqasi setkasi e'lon qilindi: Sinner yo'q, Djokovic ishtirok etadi
Madriddagi ATP Masters 1000 musobaqasi setkasi e'lon qilindi: Sinner yo'q, Djokovic ishtirok etadi
Madridda (Ispaniya) 23 apreldan 4 maygacha bo'lib o'tadigan ATP 1000 toifasidagi turnirning qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda doping sababli diskvalifikatsiya qilingan Yannick Sinnerdan tashqari, reytingdagi eng kuchli 20 nafar tennischidan barchasi ishtirok etadi.
Musobaqada 24 karra “Katta shlem” g'olibi serbiyalik Novak Djokovic ham ishtirok etadi. Qur'a natijasiga ko'ra, barcha sehlangan o'yinchilar birinchi bosqichni o'tkazib yuboradi. Madriddagi “Masters”ning amaldagi chempioni rossiyalik Andrey Rublev bo'lib, u o'tgan yilgi finalda kanadalik Felix Auger-Aliassime ni mag'lub etgan edi.
Musobaqaning jamg'arma fondi 9 million yevroni tashkil etadi. Turnir setkasida 96 nafar yakkalik va 32 juftlik ishtirokchi bor.
Bakradze Iman
Redaktor