Lamin Yamal JCh-2026 startini oʻtkazib yuboradi
Ispaniyalik yulduz tizzasidan jarohat oldi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal tizzasining orqa qismidagi jarohati sababli JCh-2026 startini oʻtkazib yuboradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Yamal 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi kechadigan 1-tur oʻyinida maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, uning 21 iyun kungi Saudiya Arabistoni bilan bahsda ishtirok etishi ham katta soʻroq ostida turibdi.
Eslatib oʻtamiz, JCh-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar oʻtkaziladi. Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan kuch sinashadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist