locale OZ

Keyn: «Jamoadoshlarini hurmat qilgan inson sifatida yodda qolishni istayman»

Angliyalik forvard joriy mavsumda 7 ta o‘yinda 6 ta gol urdi.
Keyn: «Jamoadoshlarini hurmat qilgan inson sifatida yodda qolishni istayman»
ФОТО: Getty images

«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn futbolda qanday inson va futbolchi sifatida yodda qolishni istashi haqida gapirdi.

«Men odamlar meni har doim jamoa manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan futbolchi sifatida eslashlarini xohlayman. Jamoadoshlarini hurmat qilgan inson sifatida ham yodda qolishni istayman. Siz hech qachon o‘z jamoangiz, klubingiz yoki terma jamoangizdan muhimroq bo‘la olmaysiz», — deya Keynning so‘zlarini The Touchline nashri keltirgan.

2026/27-yilgi mavsumda Keyn «Bavariya» safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda angliyalik hujumchi 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni vaqtda «Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting