locale OZ

Kasper Ruud ilk bor «Masters» turnirlarida chempion bo‘ldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kasper Ruud ilk bor «Masters» turnirlarida chempion bo‘ldi
Kasper Ruud ilk bor «Masters» turnirlarida chempion bo‘ldi

Norvegiyalik tennischi Kasper Ruud Madriddagi «Masters» turnirida g‘alaba qozonib, ushbu toifadagi musobaqalarda ilk marta chempionlikka erishdi.

Finalda u jahon reytingida 6-o‘rinda turgan britaniyalik Jack Draperni 7/5, 3/6, 6/4 hisobida mag‘lub etdi. Bu tennischilar o‘rtasidagi ilk o‘zaro bahs bo‘ldi. Bellashuv 2 soat 29 daqiqa davom etdi: Ruud 9 marta eys va 7 marta ikki xatolik qildi, Draper esa 6 eys va 3 ikki xatolik qayd etdi. Har ikki tennischi 3 tadan breyk-pointni amalga oshirdi.

25 yoshli Ruud uchun bu — faoliyatidagi 13-chempionlik, ammo «Masters» turkumidagi musobaqalarda birinchi. Ushbu g‘alaba uchun u 1000 reyting ochkosi va 985 030 yevro mukofot pulini qo‘lga kiritdi. Finalchi Draper esa 650 ochko va 523 870 yevro bilan cheklandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting