locale OZ

Karlos Alkaraz Novak Jokovichni magʻlub etib, «Australian Open — 2026» gʻolibiga aylandi

Murosasiz bahs toʻrt set davom etdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karlos Alkaraz Novak Jokovichni magʻlub etib, «Australian Open — 2026» gʻolibiga aylandi
FOTO: Getty Images

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras o‘z faoliyatidagi unutilmas g‘alabalardan birini tantana qildi. Bugun, 1 fevral kuni Alkaras «Australian Open – 2026» turniri finalida afsonaviy Novak Jokovichni mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. To‘rt set davom etgan murosasiz bahs 2:6, 6:2, 6:3, 7:5 hisobida ispaniyalik tennischining g‘alabasi bilan yakunlandi.

E’tiborlisi, Karlos Alkaras uchun bu ketma-ket qo‘lga kiritilgan ikkinchi «Katta dubulg‘a» chempionligidir. U 2025 yilgi mavsumning so‘nggi yirik turniri — «US Open» finalida ham italiyalik Yannik Sinnerni (6:2, 3:6, 6:1, 6:4) mag‘lub etib, bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘targan edi.

«Australian Open»dagi ushbu muvaffaqiyat Alkaras uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. Shu tariqa, 22 yoshli tennischi o‘z kolleksiyasini to‘ldirdi: u bungacha qolgan uchta «Katta dubulg‘a» turnirining har birida ikki martadan g‘olib chiqishga ulgurgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting