Kamilla Rakhimova Cincinnati turniridagi ishtirokini yakunladi
2 soat 49 daqiqa davom etgan murosasiz uch setlik bahsda Kamilla raqibiga 2:6, 7:5, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
photo: gettyimages
O‘zbekiston vakili, jahon reytingida 83-o‘rinda borayotgan Kamilla Rakhimova Cincinnati turnirining ikkinchi bosqichida WTA reytingining 33-raketkasi, gretsiyalik Maria Sakkariga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 49 daqiqa davom etgan murosasiz uch setlik bahsda Kamilla raqibiga 2:6, 7:5, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Kamillaga munosib kurash uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor