locale OZ

Kamilla Rahimova Wuhan Open turnirida ishonchli g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli WTA 1000 toifasidagi Wuhan Open turnirining saralash bosqichida muvaffaqiyatli start oldi.
Kamilla Rahimova Wuhan Open turnirida ishonchli g‘alabaga erishdi
photo: Tennis Uzbekistan

Kamilla Rahimova Wuhan Open turnirida ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Xitoyda o‘tkazilayotgan nufuzli WTA 1000 toifasidagi Wuhan Open turnirining saralash bosqichida muvaffaqiyatli start oldi.

Tennischimiz ilk uchrashuvda tajribali va nomdor amerikalik tennischi Sofiya Keninni 6:0, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Sofiya Kenin — 2020-yilgi Australian Open chempioni, Roland Garros 2020 finalchisi va sobiq dunyoning 4-raketkasi.

Kamilla uchrashuv davomida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, tajribali raqibasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Tennischimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting