locale OZ

Kamilla Rahimova Uimbldondagi yurishini yakunladi

Sakkari — sobiq dunyoning 3-raqamli tennischisi, Gretsiya tarixidagi eng yuqori reytingga ega tennischi hamda «Katta Dubulg‘a» turnirlarining ikki karra yarim finalchisi hisoblanadi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamilla Rahimova Uimbldondagi yurishini yakunladi
photo: Tennis Uzbekistan

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova Uimbldon turnirining ikkinchi bosqichida Gretsiyaning tajribali tennischisi Mariya Sakkariga qarshi yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etdi.

Sakkari — sobiq dunyoning 3-raqamli tennischisi, Gretsiya tarixidagi eng yuqori reytingga ega tennischi hamda «Katta Dubulg‘a» turnirlarining ikki karra yarim finalchisi hisoblanadi.

Kamilla uch set davom etgan murosasiz bahsda 3:6, 6:0, 6:7 (7:10) hisobida imkoniyatni boy berdi. G‘olib faqat hal qiluvchi tay-brekda aniqlandi va Rahimova kuchli hamda tajribali raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Kamillaga mavsumning navbatdagi musobaqalarida omad va yangi yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting