locale OZ

Jokovich “Roland Garros”da 100 g‘alabaga erishgan dunyoning ikkinchi tennischisiga aylandi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich Parijda bo‘lib o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Roland Garros” turnirida chorak finalga yo‘l oldi. Serbiyalik tennischi 1/8 finalda ATP reytingida 81-o‘rinda turgan britaniyalik Kemeron Norrini 6:2, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija bilan ularning o‘zaro hisobida Jokovich 6:0 ustunlikka ega bo‘ldi.

Duel ikki soat 15 daqiqa davom etdi. Jokovich 4 ta, Norri esa 2 ta eys zarbasini yo‘lladi. Qo‘shxatolar soni bo‘yicha Novakda 3, Norrida 1 ta qayd etildi. Breyk pointlar bo‘yicha ustunlik Jokovichda — 7:2.

Shu natija orqali Jokovich “Roland Garros” tarixida 100 g‘alabaga erishgan dunyoning ikkinchi tennischisiga aylandi. Bunga qadar bunday natijaga faqat Rafael Nadal erishgan — u turnirda 112 g‘alabaga ega.

Endi Jokovich yarim finalga chiqish uchun dunyoning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi o‘ynaydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting