Jokovich ilk bor «Australian Open» finalida mag‘lub bo‘ldi
«Katta dubulg‘a» turnirlarining 24 karra g‘olibi Novak Jokovich professional faoliyatida ilk marotaba «Australian Open» finalida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Avstraliya ochiq chempionatining 2026 yilgi hal qiluvchi bahsida serbiyalik afsona ispaniyalik Karlos Alkarasga 6:2, 2:6, 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Jokovich «Australian Open»ning haqiqiy qiroli hisoblanadi — u mazkur turnirda 10 bor chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan. Novak o‘zining Melburndagi ilk titulini 2008 yilda fransiyalik Jo-Vilfrid Tsongani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan edi.
Uning ushbu turnirdagi so‘nggi g‘alabasi 2023 yilga to‘g‘ri keladi (o‘shanda finalda Stefanos Tsitsipas taslim etilgan). Shu vaqtga qadar Novak finalga chiqqan barcha 10 ta holatda ham bosh sovrin bilan qaytgan edi, biroq Alkaras bu seriyaga nuqta qo‘ydi.
Shuningdek, 38 yoshli Jokovich «Australian Open» tarixida finalga chiqqan eng yosh tennischi sifatida rekord o‘rnatdi.