Ishonchli start: Sergey Fomin Shymkentdagi turnirni g‘alaba bilan boshladi, Maksim Shin amaldagi chempionga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi
Qozog‘istonning Shymkent shahrida ITF M15 turkumiga kiruvchi xalqaro tennis turniri qizg‘in pallaga kirgan. Musobaqada O‘zbekiston sharafini ikki tennischi — Sergey Fomin va Maksim Shin himoya qilmoqda. Turnirning birinchi raqamli seyiniri Sergey Fomin asosiy setkadagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi. Ilk bosqichda u 18 yoshli rossiyalik Yegor Pleshitsevni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuv 1 soat 51 daqiqa davom etdi.
Maksim Shin esa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, asosiy setkada amaldagi chempion — fransiyalik Shon Kueninga qarshi maydonga tushdi. Tajribali raqibga qarshi ikki setda mag‘lub bo‘lganiga qaramay (3:6, 6:7 (3)), Shin munosib o‘yin ko‘rsatib, jiddiy kurash olib bordi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta aynan shu Kuenin finalda Fominni mag‘lub etgan edi.
Bugun Sergey Fomin (ATP reytingida 461-o‘rin) 1/8 final doirasida hindistonlik Kumaran Bharat (ATPda 1428-o‘rin)ga qarshi kortga tushadi.