locale OZ

Ikki tennischimiz M15 Tashkent 2 turniri yarim finaliga yo‘l oldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizdagi “M15 Tashkent 2” xalqaro tennis musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi. 15 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurashayotgan tennischilar orasida ikki nafar yurtdoshimiz yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin 1/4 final bosqichida rossiyalik Anton Chexovni mag‘lub etdi — 6/2, 6/0. Bellashuv bir soat davom etdi. Qayd etish joiz, Fomin jahon reytingida 453-o‘rinda tursa, uning raqibi 1948-pog‘onada joylashgan.

To‘rtinchi raqam ostida o‘ynayotgan Maksim Shin ham yarim finalga yo‘l oldi. U reytingda deyarli 200 o‘rin yuqorida turgan hindistonlik Madhvin Kamatni 6/2, 6/3 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Shin bir kun avval o‘zidan 400 o‘rin yuqoridagi boshqa hind tennischisi Bharat Kumaranni 6/3, 6/3 hisobida ortda qoldirgandi.

Afsuski, uchinchi raketkamiz Amir Milushev yarim finalga yo‘llanmani boy berdi. U 1 soat 55 daqiqa davom etgan bahsda italiyalik Lorenzo Lorussoga qarshi 3/6, 6/7(5) hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Milushev 1/8 finalda jahon reytingida undan 655 o‘rin yuqorida turgan rossiyalik Aristarkh Safonovni 4/6, 6/2, 6/4 hisobida yenggandi.

Yurtdoshlarimizga yarim finalda ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting