locale OZ

Iga Shvyontek shaxsiy hayot va ommaviy hayot o'rtasidagi muvozanat haqida gapirdi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Dunyo reytingining ikkinchi raketkasi — polyak tennischisi Iga Shvyontek shaxsiy hayotidagi muammolar, xususan, paparatsilarning faoliyati bilan bog‘liq noqulayliklar haqida fikr bildirdi.

— Polshada tinchlikni saqlash qanchalik murakkab? Jamoat arbobi sifatida qancha shaxsiy joyingiz bor?
— Polshada bu juda qiyin. Shu sababli vaqtimning ko‘p qismini uyda yoki do‘stlarimnikida o‘tkazaman. Ko‘chaga kam chiqaman, chunki ortimdan kuzatuv bo‘lishini bilaman, — dedi u.

— Suratga olishganda nima his qilasiz?
— Agar bu ish bilan bog‘liq bo‘lsa — masalan, mashg‘ulotga ketayotgan paytimda — bunga tushunish bilan qarayman. Lekin uyim yaqinida, do‘stlarim yoki yaqinlarim bilan yurganimda — bu mening shaxsiy vaqtim va bunday holatlarda suratga olishlariga qarshiman. Mayami turniridan keyin shunday voqea bo‘lgan — uyga qaytganimda, paparatsilar deyarli xonamgacha kuzatib borishgan. Men to‘xtab, shunday dedim: “Ertaga mashg‘ulotim bor, u yerda suratga oling, lekin bu joy — shaxsiy hudud”. Ba’zan ular tushunadi. Men ularning ishini tushunaman, agar chegaralarga hurmat bilan qaralsa, bir-birimizni tushunib yashash mumkin, — dedi Shvyontek Tennis.com saytiga bergan intervyusida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting