locale OZ

Humoyun Sultonov \"Roland Garros\" turnirida kortga chiqadi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 19-may kuni Parijda dunyoning to‘rtta nufuzli “Katta dubulg‘a” musobaqalaridan biri — “Roland Garros” (French Open) turnirining saralash bahslari start oldi. Mazkur turnirda O‘zbekiston sharafini tennischi Humoyun Sultonov himoya qiladi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida:

«To‘qqiz yildan so‘ng yana Parijda kortga chiqish — men uchun katta baxt», deya o‘z quvonchini bildirgan.

Qur’aga ko‘ra, Sultonov saralashning ilk bosqichida tajribali ispaniyalik tennischi — Albert Ramos-Vinolasga qarshi maydonga tushadi. 37 yoshli Ramos o‘z faoliyati davomida 4 ta ATP musobaqasida g‘olib chiqqan. Uning eng yuqori reytingi — 17-o‘rin (2017 yil, 8-may). Shaxsiy natijalari orqali taxminan 11 million dollar mukofot puliga ega bo‘lgan. “Roland Garros”dagi eng yaxshi natijasi — 2016-yildagi chorak final.

Sultonov — Ramos bahsi bugun, soat 16:00da (Toshkent vaqti) boshlanadi. Hozirgi kunda Humoyun ATP reytingida 224-o‘rinda, Ramos esa 248-o‘rinda joylashgan. Ushbu o‘yin ikki tennischi o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuv bo‘ladi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting