locale OZ

Gauff va Sabalenka Madrid finalida to‘qnash keladi — Iga Swiatek yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gauff va Sabalenka Madrid finalida to‘qnash keladi — Iga Swiatek yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Gauff va Sabalenka Madrid finalida to‘qnash keladi — Iga Swiatek yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli Mutua Madrid Open musobaqasida ayollar o‘rtasidagi finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. 21 yoshli amerikalik Coco Gauff (WTA reytingida 4-o‘rin) dunyoning ikkinchi raketkasi, polyak Iga Swiatekni mag‘lub etdi. Uchrashuv atigi 65 daqiqa davom etdi va 6:1, 6:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi yarim finalda belarus tennischisi Arina Sabalenka ukrainalik Elina Svitolina ustidan g‘alaba qozondi — 6:3, 7:5. U shu tariqa Svitolinaning ketma-ket 11 g‘alabadan iborat seriyasini to‘xtatdi. Bu Sabalenka uchun faoliyatidagi 37-final, joriy mavsumdagi 6-va oxirgi 4-turnirdagi 4-final hisoblanadi. Madridda esa u to‘rtinchi bor finalda o‘ynaydi.

Sabalenka bosh sovrin uchun Gauffga qarshi kurash olib boradi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda hozircha amerikalikning ustunligi bor — 5:4.

Final 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting