locale OZ

Fomin Tbilisidagi “Challenger” turnirida asosiy to‘rda ham g‘alaba qozondi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha “Challenger” toifasiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 60 000 dollarni tashkil etuvchi musobaqada o‘z ishtirokini saralash bosqichidan boshlagan Sergey Fomin ikki g‘alaba orqali asosiy to‘rga yo‘llanma olgan edi.

Hamyurtimiz asosiy to‘rning ilk bosqichida ham muvaffaqiyatga erishdi. U jahon reytingida o‘zidan yuqoriroq o‘rinda turgan mezbon tennischi Aleksandr Bakshini 6/3, 6/7(5), 6/1 hisobida mag‘lub etdi. Qariyb ikki soat davom etgan qarama-qarshilikda Fomin 13 ta, Bakshi esa 5 ta eys zarbasini yo‘lladi. Sergey ikkita setda ham o‘z ulushiga qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, raqib bu borada 6 marta xato qildi.

Qayd etish joiz, ATP reytingida Fomin 462-o‘rinda, Bakshi esa 448-pog‘onada joy olgan. Bu ikki tennischining o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ldi va Fomin birinchi marta noqulay raqib ustidan zafar quchdi.

Sergey Fominning 1/8 final bosqichidagi raqibi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting