locale OZ

Fomin kambek orqali Tbilisi “Challenger”ning asosiy to‘riga yo‘l oldi

Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha “Challenger” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda. Ushbu musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz, mamlakatimizda ikkinchi raqamli tennischi hisoblangan Sergey Fomin kecha gretsiyalik Pavlos Tsitsipas ustidan 6/3, 7/5 hisobida g‘alaba qozongan edi. Qayd etish kerak, Pavlos mashhur tennischi Stefanos Tsitsipasning ukasi hisoblanadi.

19-may kuni esa Fomin saralashning hal qiluvchi — final bosqichida rossiyalik Semen Pankinga qarshi kortga chiqdi va murosasiz kurashda kambek evaziga g‘alabaga erishdi. Ilk setda 2/6 hisobida yutqazgan hamyurtimiz, ikkinchi setda tay-brek orqali 7/6(3) hisobida vaziyatni tenglashtirdi. Yakuniy setda esa Fomin o‘z ustunligini ishonchli namoyon eta oldi — 6/2. Bellashuv davomida yomg‘ir sababli o‘yin qisqa muddatga to‘xtatilgan edi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Fomin ATP reytingida 462-pog‘onada bo‘lsa, Pankin 900-o‘rinda. Ushbu uchrashuvda Fomin 12 ta, raqibi esa 5 ta eys amalga oshirdi. Har ikki tennischi 4 tadan qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.

Shu tariqa Sergey Fomin Tbilisi “Challenger”ining asosiy to‘riga yo‘l oldi va o‘zining professional faoliyatida yana bir muhim qadam tashladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting