Fomin ishtirok etgan bahsda M15 Tashkent 2 turnirining ilk finalchisi aniqlandi
Poytaxtimizda o'tayotgan xalqaro tennis musobaqasi — M15 Tashkent 2 turnirida ilk finalchi nomi ma'lum bo'ldi. Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning birinchi yarim finalida hamyurtimiz Sergey Fomin kortga chiqdi. Afsuski, u reytingda o'zidan ancha pastda joylashgan yaponiyalik Renta Tokudoniga qarshi bahsda mag'lub bo'ldi.
2 soat 14 daqiqa davom etgan keskin va murosasiz bellashuvda Fomin 3/6, 6/3, 3/6 hisobida yutqazdi. Ayni paytda u ATP reytingida 453-o'rinni egallab tursa, raqibi 789-pog'onada joylashgan. Shunga qaramay, Tokudo ushbu turnirda to'rtinchi raqamli tennischi sifatida ishtirok etmoqda.
Yaponiyalik sportchining finaldagi raqibi ikkinchi yarim final natijasiga ko'ra ma'lum bo'ladi. Unda mamlakatimizning to'rtinchi raketkasi Maksim Shin italiyalik Lorenzo Lorussoqa qarshi bahs olib boradi.