Fomin Bonn Open saralashida finalgacha yetib bordi
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi argentinalik raqibga mag‘lub bo‘lib, asosiy to‘rga yo‘llana olmadi
Rasm: Olamsport.uz
91 250 yevro mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashda 10-raqam ostida to‘p surdi. Ilk bosqichda u braziliyalik Uilson Leyteni 6/1, 7/5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi.
Saralash finalida Fomin argentinalik Gonsalo Villanuevaga qarshi maydonga tushdi. 1 soat 29 daqiqa davom etgan bellashuvda Sergey 6/7(1), 2/6 hisobida yutqazdi va turnirning asosiy bosqichiga yo‘llana olmadi.
ATP reytingida 476-o‘rinda turgan Fomin bellashuvda 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi va 3 marta ikki xatoga yo‘l qo‘ydi. Raqibi Villanueva (ATP 374) esa saralashda g‘alaba qozonib, turnirning asosiy to‘riga chiqdi.
Bakradze Iman
Redaktor