locale OZ

Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi

Farg‘onada o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirining yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar sovrinli natijalarni qayd etdi.
Tennis
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farg‘onadagi J100 turnirining yakkalik bahslari yakunlandi
photo: Tennis Uzbekistan

Farg‘onada o‘tkazilgan ITF World Tennis Tour Juniors J100 turnirining yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik tennischilar sovrinli natijalarni qayd etdi.

Qizlar o‘rtasida Aleksandra Barmicheva turnir g‘olibiga aylandi. U finalda Xitoy vakili Jiayi Wangni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida Makhmudbek Beknazarov finalgacha yetib bordi va 2-o‘rinni egalladi. Hal qiluvchi bahsda u Yaponiya vakili Yuta Amanoga 3:6, 6:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tennischilarimizni munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi turnirlarda omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting